Superliganing hal qiluvchi, 30-turida “Mash’al” jamoasi Olmaliqda OKMKga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv ikki jamoa uchun ham mavsumni munosib yakunlash imkonini beradi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK jamoasi shu kunga qadar 29 turdan keyin 45 ochko to‘plab, turnir jadvalida 6-pog‘onada bormoqda. Olmaliqliklar o‘z uyida doim qiyin raqib sifatida tanilgan va bu safar ham o‘z muxlislari oldida munosib o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Otabek Narzullaev rahbarligidagi “Mash’al” esa mavsum davomida 30 ochkoni jamg‘arib, jadvalning 13-pog‘onasidan joy olgan. Jamoamiz muxim bellashuv orqali mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, OKMK — Mash’al uchrashuvi 30 noyabr kuni, Olmaliqdagi OKMK stadionida soat 15:00 da start oladi.
