Superligada qolish masalasi “Buxoro” bilan o’yinda hal bo‘ladi

03.12.2025

Superliganing mavsum yakunlari yaqinlashayotgan bir paytda, ligadan tushib ketish yoki unda qolish masalasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur masala 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘tish o‘yinida hal etiladi. Bellashuvda Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi va Otabek Narzullaev rahbarligidagi “Mash’al” klubi o‘zaro to‘qnash keladi.

Mavsum davomida har ikki jamoa bir qator qiyin sinovlardan o‘tdi. Ular turnir jadvalida shunday vaziyatga kelib qolishdiki, endilikda taqdir bittagina o‘yinga bog‘langan. Ana shu hal qiluvchi bahsda qaysi jamoa g‘alaba qozonsa, o‘sha klub kelgusi mavsumni Superligada davom ettiradi.

Bellashuv haqida ma’lumot:

·         Sana: 5 dekabr

·         Vaqti: 15:00

·         Joy: Qarshi shahri, «Nasaf» markaziy stadioni

·         Bellashuv: O‘tish o‘yini — “Mash’al” - “Buxoro”

O‘yinning ahamiyatini inobatga olgan holda, har ikki jamoa ushbu bahsga maksimal tayyorgarlik bilan kirib kelmoqda. Bellashuvdagi xatolar uchun joy yo‘q — natija mavsum taqdirini belgilaydi.