Futbol – bu raqamlar emas, bu tuyg‘u, hissiyot va tarix!
Bugun G‘uzorda bir uchrashuv bo‘ladi, u nafaqat ochkolar, balki xotira va g‘urur uchun ham kurash bo‘ladi!
Mirjalol Qosimov — O‘zbekiston futbolidagi afsona. Bir paytlar milliy terma jamoamizni yetaklagan, yo‘lboshchi sardorlardan biri. 2005 yilda u Muborakning “Mash’al” klubiga qo‘shilib, jamoa sardori sifatida maydonga tushgan va o‘zining futbolchilik faoliyatini aynan shu yerda yakunlagan.
O‘sha mavsumda Qosimov 21 uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta muhim gol urdi va jamoaning chempionatda ikkinchi o‘rinni egallashida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bu — “Mash’al”ning milliy chempionatlar tarixidagi eng yuqori natijasi hisoblanadi.
Bugun esa u bosh murabbiy sifatida OKMKni boshqarib, sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. U sardor bo‘lgan jamoaga, muxlislar oldiga raqib murabbiy sifatida qaytmoqda!
Uning raqibi – o‘zbek futboli rekordchisi, “Mash’al”ni qayta qurishga kirishgan Asror Aliqulov.O‘zbekiston Superligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi, tajribali murabbiy. Aliqulov “Mash’al” jamoasini ruhan va taktik jihatdan qayta qurib, yangi bosqichga olib chiqmoqda.
🔥 Qosimov – sobiq jamoasiga qarshi. Sardordan raqibga!
⚽ Aliqulov – rekordlar egasi, jamoasini g‘alabaga yetaklaydi.
📍 20:00 | G‘uzor. “Mash’al” – “OKMK”
Bugun stadionga keling! Bu bahsni televizorda ko‘rish – kamlik qiladi.
Bu – tarix! Bu – afsonalar to‘qnashuvi!