Superliganing 9-tur doirasida “Mash’al” jamoasi safarda “Surxon”ga qarshi bahs olib bordi. Termiz shahridagi “Surxon Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoamiz alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi — 2:1.
O‘yinning birinchi bo‘limida har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qildi va hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa “Mash’al” faolroq harakat qildi va 60-daqiqada Samandar Ochilov penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi — 0:1.
Shundan so‘ng jamoamiz ustunlikni saqlab qolishga harakat qildi, ammo o‘yin so‘nggi daqiqalarida maydon egalari tashabbusni qo‘lga oldi. 84-daqiqada Stiven Chinedu hisobni tenglashtirdi — 1:1. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Komron Yusupov gol urib, uchrashuv taqdirini hal qildi — 2:1.
Shu tariqa, “Mash’al” uchun Superligadagi mag‘lubiyatlar seriyasi 9 taga yetdi.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov, Nurjahon Sulaymonov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Bekzod Aripov
"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 3.Behruz Jumatov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (77.Asadbek Karimov, 71), 8.Xumoyun Sherbo'taev, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatilla Abdullajonov (11.Richard Fraydey, 63), 14.Tohirjon Ashurbaev (18.Behruz O'ktamov, 63), 17.Sarvar Abduhamidov (23.Komronbek Yusupov, 71), 22.Javohir Jo'raev (27.Muhammadali Musaxonov, 90), 66.Behro'z Shaydulov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 15.Diyor Ramozonov, 19.Farruxjon Qodirov, 26.Behruz Shukurullaev.
"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov (99.Viashima Rafael Ayagva, 90), 5.Samandar Ochilov, 10.Humoyun Murtozaev (96.Muhammadyusuf Valijonov, 90), 14.Abdul Rashid Abubakar (13.Nuriddin Nuridinov, 81), 15.Muhammadali Aliqulov, 22.Nurjahon Muzaffarov (9.Ibrohim G'anixonov, 66), 37.Sherzod Fayziev, 45.Suxrobjon Parmonqulov, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (8.Sardor Abduraimov, 66).
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 3.Asan Vaniev, 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatilla Yarashev.
Ogohlantirishlar: Zafarbek Akramov (34), Nurjahon Muzaffarov (45), Behzod Shamsiev (49), Asadbek Karimov (87), Sardor Abduraimov (89).