Umar Aminu – “Mash’al”da

29.07.2025

Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z safiga yana bir tajribali legionerni qo‘shdi. Nigeriyalik yarim himoyachi Umar Aminu klubimiz bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi Nigeriya milliy terma jamoasi sobiq a’zosi hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Turkiyaning “Samsunspor”, “Osmanlispor”, “Rizespor”, “Bodrum FK”, “Bandыrmaspor”, “Tuzlaspor”, “Beykoz Anadolu”, shuningdek, Kiprning “Miracle Degirmenlik SK” jamoalarida to‘p surgan.

Turkiya super ligasida 159 uchrashuv o‘tkazgan Umar Aminu o‘zining boy tajribasi va yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan “Mash’al” jamoasi yarim himoyasiga kuch va barqarorlik olib kirishi kutilmoqda. Uning jamoamizga qo‘shilishi yosh futbolchilar uchun ham katta maktab bo‘lishi shubhasiz.

Biz Umar Aminuga yangi jamoasida muvaffaqiyatlar, jarohatlarsiz mavsum va katta zafarlar tilaymiz.

Muborakka xush kelibsan, Umar!
Olg‘a, “Mash’al”!