Mustaqillik – xalqimiz uchun eng ulug‘ va aziz ne’matdir. Bu qutlug‘ sana bizga ozod va obod yurtda yashash, yuksak marralarni ko‘zlab intilish, yangi-yangi yutuqlarga erishish yo‘lida katta kuch va ilhom baxsh etadi.
“Mash’al” futbol klubi jamoasi ham mustaqil yurtimiz sharafini munosib himoya qilish, yoshlarimizni sog‘lom turmush tarzi va sportga qiziqish ruhida tarbiyalash yo‘lida xizmat qilishdan baxtiyordir.
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! – mana shunday ulug‘ shior ostida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sportimiz va futbolimiz taraqqiyoti yo‘lida hamjihatlikda olg‘a qadam qo‘yish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Shu qutlug‘ bayramda barchangizga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot, oilaviy baxt va omad tilaymiz!