«Mash’al» Superliganing 16-turida safarda «Xorazm»ga qarshi maydonga tushdi. Afsuski, uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi — 2:0 hisobida mag‘lubiyat.
Birinchi bo‘limning 33-daqiqasida mezbonlar penaltidan foydalanib, hisobni ochishdi. Gol muallifi — Diyorbek Ortiqboev.
Ikkinchi bo‘limda «Mash’al» hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi. Biroq 62-daqiqada Ulug‘bek Hoshimov yana bir bor «Xorazm» ustunligini oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Qolgan daqiqalarda jamoamiz bor kuchini ishga solib, vaziyatni o‘zgartirishga urindi, ammo yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi.
🔴 Safardagi mag‘lubiyat — yo‘lning oxiri emas. Oldinda muhim uchrashuvlar bor. Jamoamiz xatolardan xulosa chiqarib, keyingi bahslarda munosib natija uchun kurashni davom ettiradi.
Superliga
16-tur
"Xorazm" – "Mash’al" 2:0
Urganch. "Xorazm" sport majmuasi. 20:00
Gol: Diyorbek Ortiqboev penalti 33’, Ulug‘bek Hoshimov 62’
Bosh hakam: Alisher Raximqulov
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Diyor Xotamqulov
“Xorazm”: 77.Umid Ergashev, 13.Elzio Lohan, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov (11.Danila Yejov, 82), 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umid Sultonov (22.Sunnatulloh Hamidjonov, 71), 90.Ulug‘bek Hoshimov, 94.Rustamjon Abduhamidov (41.Ismadiyor Ummatov, 82), 96.Rafael Sabino (8.Nodir Abduxoliqov, 68).
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultanov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 88.Abror Xo‘sinov.
"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 7.Vlatko Stoyanovski (27.Doniyor Narzullaev, 60), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G‘anixonov, 19.Toxir To‘xtasinov (10.Humoyun Murtozaev, 53), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (24.Ifeani Ifeani, 53), 50.Drago Bumbar, 70.Azizbek Choriev (15.Muhammadali Aliqulov, 64), 99.Boburjon Asqarov (5.Komil Tojiddinov, 53).
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 11.Mahmud Jo‘raboev, 77.Izzatilla Abdulhaqov.