Bugun Muborakdagi «Bahrom Vafoev» nomli stadionda U-21 Chempionatining 10-tur bahslari doirasida viloyat derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Mash’al» yoshlar jamoasi o‘z maydonida «Buxoro» vakillarini qabul qildi.
O‘yinning birinchi bo‘limi ancha keskin ruhda boshlandi. Biroq, 27-daqiqada mehmonlar a’zosi Alisher Xayrullaev darvozamizni ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Goldan so‘ng vakillarimiz muvozanatni tiklash uchun oldinga intilishdi, ammo hujumlarni yakunlashda aniqlik yetishmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham «Mash’al» yoshlari bosimni oshirishga harakat qilishdi. Biroq, uchrashuvning 74-daqiqasida darvozamiz tomon belgilangan penaltini mehmonlar hujumchisi Asadbek Jo‘raboev aniq amalga oshirib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmay qoldi. Afsuski, mazmunli o‘yin va yaratilgan vaziyatlarga qaramay, vakillarimiz bu galgi bahsda mag‘lubiyatga uchrashdi.
U-21 Chempionati. 10-tur
«Mash’al» — «Buxoro» — 0:2
Gollar: A. Xayrullaev (27), A. Jo‘raboev (74-pen).
«MASh’AL» U-21:
Asosiy tarkib: 75. Kamronbek Xamroev (DR), 3. Asan Vaniev, 29. Ahror Murodov, 33. Boymurod Shamuradov, 38. Sunnatulla Yarashev, 40. Ruhiddin Xolmatov, 55. Farrux Toshpo‘latov, 70. Azizbek Choriev, 72. Normurod Ko‘charov, 87. Muhammadali Boymurodov, 88. Ahrorbek Rahimov.
Zaxira: 12. Davronbek Raxmanov, 25. Samandarbek Jo‘rabekov, 20. Azizbek Abdumo‘minov, 39. Asadbek Toshpo‘latov, 41. Asadbek Umarqulov, 66. Diyorbek Mamataliev, 67. Og‘abek Abdiraximov, 71. Sherxon G‘afurov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
«BUXORO» U-21:
Asosiy tarkib: 16. Shohjahon Saidqulov (DR), 3. Sunatillo Nasilloev, 14. Alisher Xayrullaev, 18. Ozodbek Rajabov, 19. Abbos Umarov, 20. Xurshidbek Fayziev, 24. Mirshod Muhammadov, 70. Og‘abek Mahmadaminov, 76. Shahzod Savriev, 87. Mironshoh Shodmonov, 99. Mironshoh Shonazarov.
Zaxira: 34. Mardonjon Meliev, 13. Isomiddin Nusratov, 22. Asadbek Jo‘raboev, 23. Azamat Shomurodov, 44. Bunyodjon Izzatov, 45. Ozodbek Sharipov, 57. Parviz Ahmadjonov, 66. Bekzod Xomidov, 71. Alibek Baqoev.










