Bugun U21 chempionati 19-turidan o‘rin olgan «Mash’al» — «Navbahor» uchrashuvi yoshlarimiz foydasiga yakunlandi.
Murosasiz kechgan bahsda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida «Navbahor» futbolchisi Alisher Miraliev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 38-daqiqada Muhammadyusuf Valijonov hisobni ochib, «Mash’al»ni oldinga olib chiqdi — 1:0.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni tenglashtirishga erishdi. 60-daqiqada Toxir Qudratov o‘z nomini tabloga yozdirib, 1:1 hisobini o‘rnatdi.
Shunga qaramay, yoshlarimiz uchrashuv oxiriga qadar g‘alaba uchun kurashni davom ettirdi. 82-daqiqada Ruxiddin Holmatov tomonidan kiritilgan gol «Mash’al»ga g‘alabani taqdim etdi — 2:1!
Shu tariqa «Mash’al U21» o‘z maydonida «Navbahor U21»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
U21 chempionati | 19-tur
«Mash’al» — «Navbahor» 2:1
Gollarni: Muhammadyusuf Valijonov 38, Ruxiddin Holmatov 82, Toxir Qudratov 60.
Chetlatish:Alisher Miraliev 35
Uchrashuv rasmiylari
Bosh hakam: Nurjaxon Sulaymanov.
Yordamchi hakamlar: Zufar Elibaev, Jabbor Panjiev.
Hakamlar nazoratchisi: Zokirjon Kadirov.
Uchrashuv komissari: Elbek Jo‘raev.
«Mash’al U21»
Boshlang‘ich tarkib:
75. Kamronbek Xamroev, 3. Sardorbek Salimov, 27. Doniyorjon Narzullaev, 29. Shoxbozbek Abduvaliev, 33. Boymurod Shamuradov (s), 36. Javoxir Abdulazizov, 38. Sunnatulla Yarashev, 67. Og‘abek Abdiraximov, 77. Izzatillo Abdulxaqov, 87. Muhammadali Boymurodov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Zaxiradagi o‘yinchilar:
12. Davronbek Raxmanov, 2. Zafarbek Akramov, 6. Javoxir Ubaydullaev, 13. Nuriddin Nuridinov, 26. Suhrobbek Rahimov, 40. Ruhiddin Xolmatov, 66. Isomiddin Nusratov, 76. Firdavs Jovliev, 79. Mironshox Xamidov.
«Navbahor U21»
Boshlang‘ich tarkib:
42. Diyorbek Mahammadaliev, 3. Zafarbek Raximjonov, 18. Isoxon Musoxonov, 25. Xabibillo Japaraliev, 32. Asrorjon Akbarov, 47. Sardorbek Mirxoldirshaev, 50. Muhammadali Rakibov, 65. Kamronbek Temirov, 71. Tohir Qudratov, 80. Shohruxbek Isomidinov, 93. Alisher Miraliev.
Zaxiradagi o‘yinchilar:
41. Muhammadjon Ergashev, 39. Mamadalixon Olimov, 46. Abdulloh Jamolov, 48. Oybek Abdumutalov, 52. Rustambek Karimjonov, 75. Qobuljon Xabibullaev, 91. G‘aybulla Orzimatov, 94. Abdulazizxon Abdusalimov, 96. Idibek Boymirzaev.





