Yoshlarimiz Muborakda Lokomotiv yoshlariga mag'lub bo'ldi

04.03.2026

U21 chempionati doirasida Muborakda o‘tgan bahsda Mash'al U21 o‘z maydonida Lokomotiv U21 jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv yoshlarimiz uchun yaxshi boshlandi. 2-daqiqada Izzatillo Abdulxakov hisobni ochib, maydon egalariga ustunlikni taqdim etdi — 1:0. Biroq ikkinchi bo‘limda tashabbus mehmonlar qo‘liga o‘tdi. 54-daqiqada Nikolaos Akopov hisobni tenglashtirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, o‘sha futbolchi penaltidan aniq zarba yo‘llab, “Lokomotiv”ni oldinga olib chiqdi — 1:2. 62-daqiqada maydonga zaxiradan tushgan Muhammadshoh Axmedov uchinchi golni kiritib, o‘yin taqdirini hal qildi.

MASh’AL U21 (Muborak):
Samandar Jo‘rabekov, Asan Vaniev, Azamat Maksumov, Axror Murodov, Boymurob Shomurotov, Asadbek Toshpulatov, Suxrob Parmonqulov, Farrux Toshpulatov (s), Diyorbek Mamataliev, Azizbek Choriev, Izzatillo Abdulxakov.

Zaxira: Azamat Soyibov, Azizbek Abdumo‘minov, Nodirxon Xabibullaev, Sunnatillo Yarashev, Og‘abek Abdiraximov, Sherxan G‘afurov, Normurod Kucharov, Muxammadali Boymurodov, Axror Rahimov.

Bosh murabbiy: I. Sakaev.

LOKOMOTIV U21:
Danil Baklanov, Sherzodbek Abdulboriev, Ilya Yelichich, Ali Rixsiboev, Jaxongir Xoshimboev, Muhammadjon Abdurashidov, Izzatilla Yusupov (s), Bobur Abdujabborov, Samirjon Rabbimov, Muhammad Habibullaev, Nikolaos Akopov.

Zaxira: Abdulboriy Zoidjonov, Abdulloh Abrorxo‘jaev, Jasurbek Jumaboev, Shuxrat Abduxalilov, Ilxom Jo‘raev, Ismoilbek Usmanxodjaev, Muhammadshoh Axmedov, Artur Mxitaryan.

Murabbiy: S. Abdullaev.