U-21 chempionatining 16-tur doirasida "Mash’al" U-21 jamoasi o‘z maydonida Toshkentning "Paxtakor" yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Asror Aliqulov boshchiligidagi yoshlarimiz kuchli raqibga qarshi kurash olib borishdi, biroq bellashuv 2:3 hisobida mehmonlarning foydasiga yakunlandi.
Uchrashuv juda shiddatli va keskin kurashlar ila o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar faolroq harakat qilishdi va gollar navbati bilan urildi. "Paxtakor" safida Davron To‘laganov (68), Muhammaddiyor Marufaliev (79) va Sardor Mirqobilov (86) o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. “Mash’al” yoshlaridan esa Farrux Toshpo‘latov 80-daqiqada, Muxammadyusuf Valijonov esa 90-daqiqada gol kiritdi.
📊 16-tur. “Mash’al” U-21 — “Paxtakor” U-21: 2:3
⚽ Gollar:
Paxtakor — D. To‘laganov (68), M. Marufaliev (79), S. Mirqobilov (86)
Mash’al — F. Toshpo‘latov (80), M. Valijonov (90)
🔵 “Mash’al” U-21 (Muborak):
25. D. Raxmanov, 3. A. Vaniev, 4. A. L. Abdallax Maga, 23. E. Saitmuratov, 44. A. Murodov, 45. S. Parmonqulov, 55. F. Toshpo‘latov, 65. V. Oqbo‘taev, 66. D. Mamataliev, 70. A. Choriev, 88. A. Rahimov
🔁 Zahira: 75. K. Xamroev, 14. N. Ko‘charov, 20. S. Yarashev, 21. M. Xamidov, 24. A. Mamatxo‘jaev, 71. Sh. G‘afurov, 76. E. Jaxvarov, 90. M. Boymurodov, 96. M. Valijonov
“Paxtakor” U-21 (Toshkent):
1. N. Shevchenko, 13. I. Anvarov, 26. D. To‘laganov, 32. M. Dilshodbekov, 33. Q. Saidaliev, 34. D. Ermanov, 38. F. Olimov, 41. F. Zuxriddinov, 59. M. B. Karimov, 63. Ya. O‘rinboev, 80. B. O‘ktamov
🔁 Zahira: 90. R. Mamatov, 16. T. Odilov, 24. D. Qo‘shmatov, 29. O. Ibodullaev, 39. M. Mehmonov, 42. S. Mirqobilov, 45. F. Agaev, 56. M. Marufaliev