Yoshlarimiz Muborakda Xorazm yoshlariga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi

20.10.2025

Yoshlarimiz Muborakda o‘z maydonida Xorazm yoshlariga qarshi bahs olib borishdi. Achinarlisi, Bahodir Murtozaev shogirdlari ushbu uchrashuvda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi.

U21 chempionati – 25-tur

Mash’al U21 – Xorazm U21 0:3
⚽️ 28’ – Sultonboy Ismoilov
⚽️ 45+1’ – Danila Yejov
⚽️ 77’ – Odamboy Olimov

Jamoamiz birinchi bo‘limda bir necha bor gol urish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, ulardan foydalanib bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar ustunlikni qo‘lga olib, hisobni yirik ko‘rinishga yetkazishdi.

Murtozaev boshchiligidagi yoshlarimiz keyingi turda xatolar ustida ishlab, navbatdagi o‘yinda muxlislarga yangi g‘alaba tuhfa etishni maqsad qilishmoqda.