U21 Chempionati 15-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “OKMK” uchrashuvida Otabek Narzullaev boshchiligidagi yoshlarimiz muhim va yirik g‘alabaga erishishdi.
Muborakda bo‘lib o‘tgan bellashuvda maydon egalari raqibni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv boshlanishi bilanyoq tashabbusni qo‘lga olgan “Mash’al” yoshlari birinchi bo‘limdayoq raqib darvozasiga ikki bor javobsiz to‘p kiritishdi. 5-daqiqada Asan Vaniev hisobni ochgan bo‘lsa, debyut uchrashuvida maydonga tushgan Elnurbek Saitmuratov 9-daqiqada qaychi uslubida raqib darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda ham “Mash’al” ustunlikni qo‘ldan boy bermadi. Asadbek Samariddinov o‘z mahorat va hujumkor harakatlari bilan ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi (74, 85), natijada hisob 4:0 bo‘ldi.
Uchrashuvning so‘ngi daqiqalarida “OKMK” yoshlari ikki gol qayd etgan bo‘lsa-da, bu natijaga ta’sir o‘tkazmadi. Fazliddinov 87-daqiqada, Umarov esa 90+1-daqiqada to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
📊 U21 Chempionati – 15-tur
MASh’AL – OKMK 4:2
Gollar:
🔹 A.Vaniev (5), E.Saitmuratov (9), A.Samariddinov (74, 85) – Mash’al
🔹 Fazliddinov (87), Umarov (90+1) – OKMK
MASh’AL U21: 25.Davronbek Raxmanov, 3.Asan Vaniev, 4.Abdul Latif Abdallah Maga, 14.Normurod Ko‘charov, 23.Elnurbek Saitmuratov, 44.Ahror Murodov, 45.Suxrobjon Parmonqulov, 55.Farrux Toshpulatov, 70.Azizbek Choriev, 88.Ahrorbek Rahimov, 99.Nodirxon Xabibullaev
Zaxira:75.Kamronbek Xamroev, 11.Asadbek Samariddinov, 29.Azizbek Abdumuminov, 66.Diyorbek Mamataliev, 71., 76.Eshonxon Djaxbarov, 90.Muhammadali Boymurodov
OKMK U21: 25. Dilshod Yoqubov, 14. Akbar Uktamov, 21.Saidafzalxon Axrorov, 33.Shahzodbek Akbaraliev, 36.Shokhbozbek Abduvaliev, 37.Yoqubjon Kadirov, 38.Xidirdavlat Rayimkulov, 39.Saidakbar Sharipov, 42.Ali Rixsiboev, 44.Abror Karimov, 48.Doniyorbek Fozilov
Zaxira: 31.Muhammad Ubaydullaev, 32.Elvis Shavkatov, 40.Javokhir Nabiev, 45.Suxrob Parpiev, 47.Xosilbek Sattarov, 53.Behruz Islomov, 55.Abbos Umarov, 70.Mirmaqsud Mirusmonov, 78.Abdulloh Fazliddinov.