O‘zbekiston U-21 chempionati 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Mash’al U-21» jamoasi Muborakda «Qo‘qon-1912 U-21»ni qabul qildi.
Bellashuvning 4-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Saydulla Xamidullaevning avtogolidan so‘ng «Mash’al U-21» hisobda oldinga chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Avval 50-daqiqada Sunnatulla Yarashevning avtogoli hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning hal qiluvchi golini esa Shohrux Mahmudxojiev kiritib, «Qo‘qon-1912 U-21»ga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, «Mash’al U-21» chempionatning 12-tur bahsida o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi.
U-21 chempionati. 12-tur
«Mash’al U-21» – «Qo‘qon-1912 U-21» — 1:2 (1:0)
Gollar:
1:0 – Saydulla Xamidullaev (avtogol), 4.
1:1 – Sunnatulla Yarashev (avtogol), 50.
1:2 – Shohrux Mahmudxojiev.
«Mash’al U-21» tarkibi:
Asosiy tarkib:
Kamronbek Xamroev, Boymurod Shamuradov, Sunnatulla Yarashev, Asadbek Toshpo‘latov, Ruhiddin Islomatov, Farrux Toshpulatov, Isomiddin Nusratov, Og‘abek Abdiraximov, Normurod Ko‘charov, Muhammadali Boymurodov, Ahrorbek Rahimov.
Zaxira:
Samandarbek Jo‘rabekov, Javohir Ubaydullaev, Suxrobbek Rahimov, Shohbozbek Abduvaliev, Javohir Abdulazizov, Azizbek Choriev, Sherxan G‘afurov, Firdavs Jovliev, Mironshoh Hamidov.
Bosh murabbiy: Otabek Narzullaev.
«Qo‘qon-1912 U-21» tarkibi:
Asosiy tarkib:
Hamzaxon Xo‘jaev, Abdulloh Odiljonov, Saidislombek Paxlavonov, Hayotjon Mamatov, Sardor Tojiev, Ayyubxon Muxtorov, Muhammadamirxon Qodirov, Alper Aleksandrov, Jasurbek Sharipov, Odiljon G‘aniev, Saydulla Xamidullaev.
Zaxira:
A’zamxon Mirzaev, Abdurashid Valiev, Muhammad Yusuf To‘ychiev, Humoyunmirzo Bektemirov, Shohrux Mahmudxojiev.
Bosh murabbiy: Rustam Talipjanov.