U-19 chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvda «Mash’al U19» jamoasi Samarqandda «Dinamo U19»ga qarshi bahs olib bordi. Jangovor ruhda kechgan bellashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
O‘yin boshlanishi bilanyoq muborakliklar hujumkorlikni oshirdi va 4-daqiqada Normurod Kucharov hisobni ochdi. Ortidan, 6-daqiqada Sunnatulla Yarashovning goli «Mash'al U19»ni ikki gollik ustunlikka olib chiqdi.
Samarqandliklar tezda o‘yinga qaytib, 11-daqiqada Islomjon Xoldorov aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirdi. 33-daqiqada esa Mironshoh Eshpo‘latovning goli hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi taymda ham har ikki jamoa g‘alaba uchun harakat qildi. Bir necha xavfli hujumlar, golli vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo darvozabonlar va himoyachilarning ishonchli o‘yini hisob o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.
Hakamlar: Zufr Isroilov, Shaxriyor Maxmaraximov, Quvonchbek Jumaqulov
Zaxira hakami: Sardorjon Ernazarov
Nazoratchi: -
Komissar: Muzaffar Ismatov
⚽ «Dinamo U19» – «Mash’al U19» 2:2
Gollar: Normurod Kucharov (4), Sunnatulla Yarashov (6) – Islomjon Xoldorov (11), Mironshox Eshpo‘latov (33)
Ogohlantirishlar: Doniyorov 64, Xidirov 90+1. , Vilijonov 31, Boymurodov 54,Raximov 72
“Dinamo”: 1. Javohir Rustamov, 2. G‘olibjon Bahromov, 50. Ararat Anayan, 52. Dilshod Raximov, 53. Ulug‘bek Muxtarov, 54. Sardor Doniyorov, 56. Islomjon Xoldorov, 60. Asadbek Bahromov, 64. Quvonchbek Haydarov (s), 68. Nodirbek Qarshiev, 78. Mironshox Eshpo‘latov
Zaxira: 29. Dilyor Abdusattarov, 30. Umar Raximov, 42. Timur Mustafaev, 51. Parviz Farmonov, 57. Javohir Ergashev, 61. Sardor Murodov, 65. Toir Ergashev, 67. Bunyod Xidirov, 90. Daler A’loev.
“Mash’al”: 31. Umidjon Nasirqulov, 32. Boymurod Shamuradov, 33. Ahrorbek Raximov (S), 38. Sunnatulla Yarashev, 40. Ruhiddin Xolmatov, 42. Muhammadyusuf Valijonov, 49. Og‘abek Abduraximov, 50. Ozodbek Olimov, 64. Ibrohim Sayimnazarov, 72. Normurod Ko‘charov, 90. Muhammadali Boymurodov .
Zaxira: 41. Nazarbek Xoshimov, 21. Mironshox Xamidov, 36. Javohir Abdulazizov, 39. Diyorbek Yusupov, 46. Chingiz Choriev, 60. Samandar Tursunboev, 71. Sherxan Gafurov, 74. Abbosbek Kamolov, 95. Elyor Suyunov.