Yoshlarimiz safardan mag‘lubiyat bilan qaytdi

12.08.2025

Asror Aliqulov boshchiligidagi “Mash’al” yoshlar jamoasi  U21 chempionati 18-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida “So‘g‘diyona” yoshlariga qarshi bahs olib bordi.

 Jizzaxda o‘tgan bellashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi — 5:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda “Mash’al” safida Azizbek Abdumo‘minov 14-daqiqada, Elnur Saitmuratov esa 16-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Biroq bu gollar jamoamizga ochko olib kelmadi.

“So‘g‘diyona” tomonidan Sardor Xoshimov (33, 76), Umid Sultonov (53, 81) to‘p kiritishdi. Shuningdek, 71-daqiqada darvozabonimiz Kamronbek Xamroevdan avtogol qayd etildi.

Shu tariqa, yoshlarimiz safar bahsidan ochkosiz qaytdi va navbatdagi turda o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazishadi.

So‘g‘diyona U21 - Mash'al U21 / 5:2

Azizbek Abdumo’minov, 14 (0:1), Elnurbek Saidmurodov, 16 (0:2), Sardor Hoshimov, 33 (1:2), Umid Sultonov, 53 (2:2), Kamronbek Hamroyev, 71 avtogol (3:2), Sardor Hoshimov, 76 (4:2), Umid Sultonov, 85 (5:2)

 

Photo by Amir-Temur Photograf  Sogdiana media