YOSHLARIMIZ TURNIR PESHQADAMINI MUBORAKDA MAG‘LUB ETDI

18.08.2026

Muborakda kechgan bahsda yoshlarimiz turnir jadvali peshqadami — «Andijon» U-21 jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvni faol boshlagan «Mash’al» 16-daqiqada Normurod Kucharovning goli evaziga hisobni ochdi. 38-daqiqada esa Sardorbek Salimov o‘z nomini tabloga yozdirib, jamoamizning ustunligini mustahkamladi — 2:0.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar Abubakir Rejabboevning 78-daqiqadagi goli bilan farqni qisqartirdi. Biroq qolgan daqiqalarda yoshlarimiz hisobni saqlab qolib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

 U-21 Chempionati | 18-tur

«Mash’al» U-21 — «Andijon» U-21 2:1

 Gollar: 16' — Normurod Kucharov 1-0,  38' — Sardorbek Salimov 2-0, 78' — Abubakir Rejabboev  2-1.

 

Hakamlar va rasmiylar

Bosh hakam: Nurjaxon Sulaymanov
Yordamchi hakamlar: Farxod Usmonov, Nurbek Aizamov
Zaxira hakami: Behruz Abduxoliqov
Hakamlar nazoratchisi: Aleksandr Popov
Uchrashuv komissari: Elbek Jo‘raev

«Mash’al» U-21:  Samandarbek Jo‘rabekov, 3. Sardorbek Salimov, 27. Doniyorjon Narzullaev, 33. Boymurod Shamuradov, 38. Sunnatulla Yarashev, 67. Og‘abek Abdiraximov, 72. Normurod Ko‘charov, 87. Muhammadali Boymurodov, 88. Ahrorbek Rahimov (S), 96. Muhammadyusuf Valijonov, 99. Bobirjon Asqarov.

 Zaxira: 12. Davronbek Raxmanov, 6. Javohir Ubaydullaev, 18. Ilxomjon Abdiganiev, 26. Suhrobbek Rahimov, 29. Shoxbozbek Abduvaliev, 36. Javohir Abdulazizov, 40. Ruhiddin Xolmatov, 77. Izzatillo Abdulxaqov, 79. Mironshox Xamidov.

 

«Andijon» U-21:  Shoyadbek Ravshanov, 16. Kirill Kazansev, 23. Fazliddinxo‘ja Ubaydullaev, 47. Diyorbek Madaminov, 49. Zulfiqor Akbarov, 57. Xabibullo Xabibullaev, 66. Abubakir Rejabboev, 70. Xamidullo Karimov, 87. Jamshidbek Ko‘paysinov, 88. Shoxjaxon Yorqinboev, 97. Muhammadali Abdurashidov.

Zaxira: 12. Ilnur Zakirov, 3. Elbek Rozuqulov, 30. Muhammadrizo Sharibjonov, 32. Ozodbek Sobirov, 40. Shoxjahon Sanoev, 43. Muhammaddiyorbek Xurxonov, 55. Nuriddin Boxodirov, 75. Lazizbek Xasanboev.