Yoshlarimizda mag‘lubiyat Surxon –Mash’al 2-1

11.08.2025

U19 chempionati: “Surxon” – “Mash’al” 2:1

U19 chempionati doirasidagi navbatdagi tur bahsi Termiz shahrida kechdi. “Mash’al” yoshlari mehmon sifatida “Surxon” yoshlariga qarshi maydonga tushdi va keskin kurashlarga boy uchrashuvda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida termizliklar hisobni ochishdi — Farxodbek Salixanov jamoasiga ustunlik olib keldi. Ikkinchi taymda ham “Surxon” faol o‘yin namoyish etib, 74-daqiqada Elbek Bahodirov hisobni 2:0ga yetkazdi.

Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Mash’al” safida Elyor Suyunov bir gol qaytardi (90+5), ammo bu hisobni tenglashtirish uchun yetarli bo‘lmadi.

Uchrashuvda “Mash’al” futbolchisi D. Norqobilov 67-daqiqada ogohlantirish oldi.

U19 chempionati
Surxon – Mash’al 2:1
Gollar: Farxodbek Salixanov (18), Elbek Bahodirov (74) – Elyor Suyunov (90+5)
Ogohlantirishlar: D. Norqobilov (67, “Mash’al”)