Yoshlarimizdan ajoyib kambek

19.06.2025

Kecha U19 chempionati 9-turidan o'rin olgan Buxoro – Mash'al uchrashuvi yuqori ruhda va kurashlarga boy tarzda o'tdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar a'zosi Sardorbek Salimov o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, bu gol yosh futbolchilarimizning ruhini tushirmadi. Oradan yetti daqiqa o'tib, 33-daqiqada Mironshoh Hamidov ajoyib zarba yo'llab hisobni tenglashtirdi — 1:1. Birinchi bo'lim shu natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda "Mash'al" U19 jamoasi maydonga yanada yuqori kayfiyat va intizom bilan qaytdi. 73-daqiqada Ruhiddin Holmatov o'z jamoasiga g'alaba golini taqdim etdi va uchrashuv yakunlanguncha bu hisob saqlanib qoldi — 1:2!

Bu natija orqali yoshlarimiz safarda muhim g'alabaga erishishdi va o'zlarining yuksak salohiyatini yana bir bor namoyish etishdi.

📌 #U19_Chempionati

9-tur

🔵 Buxoro U19 🆚 🔥 Mash'al U19

Hisob: 1:2

Gollar:

Salimov – 26’ (Buxoro)

Hamidov – 33’, Xolmatov – 73’ (Mash'al)