O‘zbekiston Superligasining navbatdagi uchrashuvida «So‘g‘diyona» — «Mash’al» bahsi Zominda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv mezbonlarning faolligi bilan boshlandi. 4-daqiqada Zabixillo O‘rinboev hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Filip Ivanovich «So‘g‘diyona»ning ikkinchi golini urdi. 40-daqiqada esa O‘rinboev o‘zining ikkinchi golini kiritib, hisobni 3:0ga yetkazdi.
«Mash’al» birinchi bo‘lim yakuniga yaqin hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 41-daqiqada Mahmud Jo‘raboev jamoamizning birinchi golini kiritdi — 3:1.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana ikki bor darvozamizni ishg‘ol qilishdi. 51-daqiqada Lyupcho Doriev, 66-daqiqada Jamshid Boltaboev gol urdi.
71-daqiqada Humoyun Murtozaev «Mash’al»ning ikkinchi golini kiritib, hisobni 5:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Yakunda jamoamiz Zominda 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
“So'g'diyona” - “Mashal” 5:2
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Husan Xudoyberdiev, Sardor Hakimov, Dias Galeev.
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Feruzbek G'aniev.
Gollar: Zabihillo O'rinboev 4, - 1:0 (Samandarjon Mavlonqulov). Filip Ivanovich 33, - 2:0 (Lyupcho Doriev). Zabihillo O'rinboev 40, - 3:0 (Filip Ivanovich). Mahmud Jo'raboev 41, - 3:1 (Ifeani Ifeani). Lyupcho Doriev 51, - 4:1 (Oybek Nurmatov). Jamshid Boltaboev 66, - 5:1 (Zoir Jo'raboev). Humoyun Murtozaev 71, - 5:2.
“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 7.Petar Michin (50.Shohruz Kamolov, 70), 8.Jamshid Boltaboev, 10.Javohir Qahramonov, 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (9.Zenan Zaymovich, 70), 19.Zabihillo O'rinboev (77.Oybek Nurmatov, 51), 28.Samandarjon Mavlonqulov (2.Zoir Jo'raboev, 46), 32.Nodirjon Soyibov.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 6.Behruzbek Asqarov, 18.Igor Golban, 21.Saidakbar Sharipov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov.
“Mashal”: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 5.Komiljon Tojidinov, 8.Sardor Abduraimov (70.Azizbek Choriev, 57), 11.Mahmud Jo'raboev (10.Humoyun Murtozaev, 45+1), 13.Nuriddin Nuridinov, 15.Muhammadali Aliqulov (18.Ilhomjon Abdig'aniev, 57), 24.Ifeani Ifeani, 26.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (4.Straxinya Boshnyak, 57), 50.Drago Bumbar, 63.Pavel Bureev (77.Izzatillo Abdulhaqov, 32).
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 7.Vlatko Stoyanovski, 19.Tohirbek To'xtasinov, 99.Bobirjon Asqarov.
Ogohlantirish: Islom Qobilov 90+2.