Farg‘onada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoamiz safarda “Neftchi”ga mag‘lub bo‘ldi. Bellashuv boshidanoq maydon egalari yuqori sur’at va bosim bilan harakat qildi. Hisob 9-daqiqada ochildi. Boyan siger aniq zarba bilan “Neftchi”ni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada esa Stipe Peritsa jamoasining ustunligini mustahkamladi va birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi taymda “Mash’al” vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘rdi, ammo yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilmadi. 76-daqiqada Zoran Marushichning goli esa uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi — 3:0. Shu tariqa, jamoamiz safarda ilk uchrashuvda Neftchiga mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston Superligasi. "Neftchi" – "Mash’al" 3:0
Gollar: 9 - Boyan siger, 30 - Stipe Peritsa, 76 - Zoran Marushich
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Andrey sapenko, Timur Gaynulin
Zahira hakami: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Avazbek Abdullaev
Komissar: Shohruh Said
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan siger, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 78'), 8.Vladimir Yovovich (77.Jurani Fransisko Ferreyra, 78'), 10.Jamshid Iskanderov (34.Farruh Sayfiev, 86'), 18. Stipe Peritsa (9.Xurshid G‘iyosov, 68'), 20.Anvarjon G‘ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (32.Zoran Marushich, 68'), 23.Yovan Jokich
Zaxira: 45.Akbar To‘raev, 2.Izzatillo Po‘latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin.
"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (17.Anvar Murodov, 82'), 9.Ibrohim G‘anixonov (18.Ilhomjon Abdig‘aniev, 82'), 10.Humoyun Murtozaev (s) (13.Nuriddin Nuridinov, 72'), 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 84'), 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Augustine Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 82')
Zaxira: 25.Samandarbek Jo‘rabekov, 27.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, 99.Viashima Rapayel Ayagva
Ogohlantirishlar: 7 - Ergash Ismoilov, 55 - Muhammadali Aliqulov, 57 - Sardor Abduraimov, 90+1 - Anvarjon G‘ofurov