Ilk uchrashuvda mag‘lubiyat

02.03.2026

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoamiz safarda “Neftchi”ga mag‘lub bo‘ldi. Bellashuv boshidanoq maydon egalari yuqori sur’at va bosim bilan harakat qildi. Hisob 9-daqiqada ochildi. Boyan siger aniq zarba bilan “Neftchi”ni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada esa Stipe Peritsa jamoasining ustunligini mustahkamladi va birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi taymda “Mash’al” vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘rdi, ammo yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilmadi. 76-daqiqada Zoran Marushichning goli esa uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi — 3:0. Shu tariqa, jamoamiz safarda ilk uchrashuvda Neftchiga mag‘lub bo‘ldi. 


O‘zbekiston Superligasi. "Neftchi" – "Mash’al" 3:0

Gollar: 9 - Boyan siger, 30 - Stipe Peritsa, 76 - Zoran Marushich

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Andrey sapenko, Timur Gaynulin

Zahira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Avazbek Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan siger, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 78'), 8.Vladimir Yovovich (77.Jurani Fransisko Ferreyra, 78'), 10.Jamshid Iskanderov (34.Farruh Sayfiev, 86'), 18. Stipe Peritsa (9.Xurshid G‘iyosov, 68'), 20.Anvarjon G‘ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (32.Zoran Marushich, 68'), 23.Yovan Jokich

Zaxira: 45.Akbar To‘raev, 2.Izzatillo Po‘latov, 14.Daler Tuxsanov, 30.Rustambek Fomin.

 "Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (17.Anvar Murodov, 82'), 9.Ibrohim G‘anixonov (18.Ilhomjon Abdig‘aniev, 82'), 10.Humoyun Murtozaev (s) (13.Nuriddin Nuridinov, 72'), 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziev, 84'), 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Augustine Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 82')

 Zaxira: 25.Samandarbek Jo‘rabekov, 27.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, 99.Viashima Rapayel Ayagva

 Ogohlantirishlar: 7 - Ergash Ismoilov, 55 - Muhammadali Aliqulov, 57 - Sardor Abduraimov, 90+1 - Anvarjon G‘ofurov