2002 yilda Nuriddin Zayniev va Bahrom Davlatovlar sa’y harakati bilan “Mash’al” futbol klubi akademiyasi tashkil qilindi.
Shundan so‘ng 2005-2006 yillardan boshlab, klubda barcha ishlar professional tarzda yo‘lga qo‘yildi.
Nuriddin Zayniev va Shermat Shamsiev kabi el ardog‘idagi ustozlarning Muborakda futbol va boshqa sport turlarini rivojlantirishdek qilgan ijobiy ishlari mobaynida Yangi mavsum oldidan jamoaga xorijiy legionerlar va mahalliy bo‘lgan bir qator mohir o‘yinchilar bilan bir qatorda Mirjalol Qosimov ham tarkibga jalb etiladi.
Bu o‘zgarishlar shu yillarning o‘zidayoq natija ko‘rsatdi. “Mash’al” mamlakat chempionatida kumush medallari bilan bir qatorda, qit’aning nufuzli musoboqasi bo‘lgan Osiyo chempionlar ligasidek (OChL) kuchli elitaga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shermat Shamsiev Klub Prezidenti lavozimiga saylangan davridan boshlab, o‘zlarining ko‘p yillik ish tajribalariga tayanib, klubning rivojlanish strategiyasini qo‘llab - quvvatlagan xolda, mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli qarorlar kabul kilib, ularning ijrolari ustidan doim nazorat qilib kelganliklari natijasida “Mash’al” professional futbol klubi o‘tgan davr davomida o‘z infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilashga erishdi.
Shuni alohida aytish joizki, mavjud futbol akademiyasi aynan Shermat Shamsiev tashabbuslari bilan 2006 yilda mukammal xolatga keltirildi xamda zamonaviy ravishda jihozlanib, barcha kulay shart - sharoitlar yaratib berildi. 2008 yilda “Mash’al” futbol klubiga tegishli xududda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib sun’iy qoplamali futbol maydonlari tashkil etildi va ushbu futbol maydonlari xam Shermat Shamsievning shaxsiy tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Eng asosiysi futbol akademiyasini hamda o‘zbek futbolini rivojlantirish maqsadida Yevropalik murabbiylar Vladimir Pavlenko, Seid Seidov, Viktor Kumikov, Vladimir Fomichev, Aleksandr Xomyakov, Nikolay Lapa, Samir Gasanovlardan iborat murabbiylar shtabi tashkillashtirildi. Bundan tashqari 2019 yilda futbol akademiyasi binosi to‘liq ta’mirlanib, 60 nafar tarbiyalanuvchilar va 12 nafar murabbiylar uchun barcha qulay sharoitlarga ega qo‘shimcha yuvinish va xojatxona binosi qurib bitkazilib, shuningdek zamonaviy kompyuter va proektorlar bilan jixozlangan 3 ta o‘quv xonasi xamda yumshok mebellar va zamonaviy televizorlar bilan jixozlangan 2 ta dam olish xonasi tashkillashtirilib, barcha qulay shart - sharoitlari bilan foydalanishga topshirildi.
Shermat Shamsievning tashabbuslari bilan Klub markaziy stadioni, asosiy jamoa futbolchilari va murabbiylari yashaydigan “Futbolchilar uyi”, stadion elektron tablosi, rasmiy o‘yinlarni o‘tkazish uchun futbolchilar va xakamlar uchun kiyinish, yuvinish, tibbiy yordam ko‘rsatish, doping nazorat xonasi va jurnalistlar uchun press-konferensiya xonalari qayta ta’mirlanib, OFK talablariga mos ravishda jihozlandi.
Sh.J.Shamsievning bolalar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan kuchli e’tiborining yorqin natijasi sifatida xozirda Italiyaning “Roma” futbol klubida faoliyat olib borayotgan Eldor Shomurodovni ta’riflash mumkin. Shuningdek Turkiyaning “Karagyumryuk” klubi a’zosi Otabek Shukurov, “Paxtakor” klubi a’zolari Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev, Sherzod Azamov, “Nasaf” klubi a’zosi Xusniddin Alikulov, “Navbaxor” klubi a’zolari Utkir Yusupov, Raximjon Davronovlar xam “Mash’al” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari xisoblanishishadi. Sh.J. Shamsiev o‘zlarining ilmiy xamda manaviy ko‘maklari asosida klubning o‘zida mavjud eng minimal resurslari bilan imkon qadar yuqori ko‘rsatgichlarga erishish imkoniyatini shakllantirib berganliklari oqibatida ushbu yo‘nalish asosida faoliyat ko‘rsatadigan “Mash’al” futbol jamoasi uzoq yillardan buyon O‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega jamoalardan xisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida klub akademiyasi nafaqat mahalliy klublarga balki xorij jamolariga ham futbolchi yetishtirib berishda yetakchi bo‘ldi. Jumladan Eldor Shomurodov butun dunyo futbolida kuchli beshlikda bo‘lgan Italiya chempionatiga qadar kirib bordi.
Otabek Shukurov Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida “Sharja” jamoasi tarkibida mamlakat chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylandi.
Bulardan tashqari yana bir qator klub tarbiyalanuvchilari jahon yashil maydonlarida to‘p surib, o‘zbek futbolini dunyoga tanitib kelmoqdalar.
Klubning o‘z tarixida shunday natijalar qayd etishida va “Mash’al” futbol klubini o‘zbek futbolida “Yorqin alanga” sifatida kirib kelishi va nom qozonishiga katta xissa qo‘shgan Qashqadaryo viloyat hokimi (marhum) Nuriddin Zayniev, klub Prezidenti Shermat Shamsiev, klub vitse Prezidenti Bahrom Davlatov, klub ijrochi direktori Abdujalil Aralov hamda hozirgi kunga qadar klub vitse Prezidenti vazifasida faoliyat yuritayotgan Ilxom Qurbonov kabi o‘z ishining fidoiylari klub ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat ko‘rsatishib, o‘chmas iz qoldirishdi.