«Mash’al» Professional futbol klubi tarixi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida futbolni rivojlantirishga avvaldan zamin bor edi. Milliy chempionatimizga asos solingunga qadar gazchilar shaharchasining “Fakel” jamoasi sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasi, O‘zbekiston kasaba-uyushmalari jismoniy tarbiya jamoalari Respublika birinchiligida qatnashib kelgan.
1980 yillar boshida ulg‘ayib borayotgan yosh shaharning mehnatsevar yoshlari futbol jamoasini tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Muborak texnologik transport va maxsus texnikalar korxonasining rahbari Bahrom Vafoevning sa’y-harakatlari tufayli 1982 yili futbol jamoasiga asos solindi.
Bahrom Vafoev tashkil etgan "Avtomobilist" jamoasi ilk musobaqada qatnashmoqda
"Avtomobilist" jamoasi! #tarixfoto1980/82
"Avtomobilist" jamoasi! #tarixfoto1980/82
Bahrom Vafoevning sa’y-harakatlari tufayli 1982 yili futbol jamoasiga asos solindi. Birinchi mavsumdayoq katta maqsadlarni ko‘zlagan futbolchilar viloyat birinchiligida muvaffaqiyat qozonib, Respublika birinchiligiga yo‘llanma olishdi.
Ushbu suratda 1984-86 yillarda Bahrom Vafoev oltin kubokni qabul qilib jamoasini birinchi ligaga olib chiqgan
Ushbu suratdagi futbolchi — ilk qadamlarini 'Mash’al' jamoasida boshlagan, jamoaning sobiq a’zosi va
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi prezidentining sobiq maslahatchisi Zikriyoev Rahmiddin Egamovich."
Bahrom Vafoev tashkil etgan "Avtomobilist" jamoasi! #tarixfoto1980/82
1987 yil 21 iyun kuni Bahrom Vafev 34 yoshida olamdan o‘tadi.
Birinchi mavsumdayoq katta maqsadlarni ko‘zlagan futbolchilar viloyat birinchiligida muvaffaqiyat qozonib, Respublika birinchiligiga yo‘llanma olishdi. Shu yillarda aynan Bahrom Vafoevning tashabbusi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Muborak gaz ishlab chiqarish boshqarmasi va boshqa xomiylar ko‘magi hamda hashar yo‘li bilan shahar markazida stadion qurib bitkazildi. Ushbu stadion ayni paytda aynan Bahrom Vafoev xotirasi uchun uning nomi bilan ataladi.
Muborakning jonkuyar insonlari marhum Bahrom Vafoev hotirasiga bag‘ishlab, Muborakda futbol bo‘yicha Bahrom Vafoev hotira turnirini tashkillashtirildi
1988 yilga qadar jamoa ichki birinchilikda o‘rtamiyona klublardan biri bo‘lib keldi. Bu davr ichida jamoaga chetdan ne-ne o‘yinchilar, murabbiylar kelib ketmadi. O‘sha yilning ikkinchi davrasida klubga poytaxtdan Vladimir Pavlovich Pervushin va Boris Stepanovich Serostanovlar taklif etildi. Ular asosiy e’tiborni mahalliy yoshlarga qaratdi. Natija esa kelasi mavsumdayoq bo‘y ko‘rsatdi – autsayderlardan biri bo‘lgan “Fakel” faxrli uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Milliy chempionatimiz birinchi ligasida faoliyatini davom ettirgan yilidanoq jamoaning nomi o‘zgartirildi va shundan beri klub “Mash’al” deya atala boshlandi. Jamoani dastlabki yillarda oliy ligaga chiqishida sobiq paxtakorchi, bosh murabbiy Boris Serostanov, Muborak tumani hokimi Jumaqul Qurbonov, homiylar – Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Nuriddin Zayniev, Muborak gaz konlar boshqarmasi boshlig‘i Ivan Radionovich Kelesh kabi insonlarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi.
"Mash’al" jamoasining 1994 yildagi so‘ngi uchrashuvi oldidan fotosurati
"Mash’al" tarkiibda O.Qahhorov, F.Gasanov,Sh.Ro‘ziev,K.Smirnov, T.Shaymardanov, Z.To‘raqulov, S.Xaydarov, R.G‘aniev,
T.Rahmonov, K.Yomg‘irov, A.Beynarovich, Z.Gaziev, O.Banin, I.Qudratov, A.Yumangulov, V.Nad’yarnыy, D. AndaevB, Kurbonov, A.Xo‘jaqulov, P.Zotovlar harakat qilishgan va jamoa Oliy ligaga olib chiqishgan.
1995 yildan boshlab "Mash’al" bosh murabbiyligini Valerey Lyotkin olib bordi.
1995 yil ilk bor oliy ligada Valerey Lyotkin va Boris Serostanov boshchiligidagi “Gazchi” lar ilk uchrashuvda Buxoroning “Nurafshon” jamoasiga yirik 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
#2-turda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan durang qayd etgan. Uchrashuvda hisob ochilmagan.
#3-turda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga yirik 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
# 4-turda esa Qo‘qonning “Temiryo‘lchi” jamosini Muborakda 2-0 hisobida taslim etishga. “Mash’al” jamoasining ilk golini 19 daqiqada Aleksanrd Xvastunov kiritgan. Ikkinchi bo‘limda aniqrog‘i 52 daqiqada Muborak o‘g‘loni Komil Yomg‘irov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan 2-0. Shu tariqa “Gazchi” lar Oliy ligadagi ilk g‘alabasiga erishgan.
Shu yili “Mash’al” jamoasi 30 o‘yinda 8ta g‘alaba, 5ta durang, 17ta mag‘lubiyatga uchrashgan. “Gazchi” lar 24ta gol urib 58 bor o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborishgan. Muborakliklar 29 ochko bilan Oliy liga 14 o‘rinni egallagan.
«Mash’al»ning oliy ligadagi yurishi muvaffaqiyatli kechmadi – ikki mavsumda ligadan tushib ketmadi-yu, lekin autsayderlar qatorida jon saqladi. Bu esa turgan gapki viloyat mutasaddilarini ham, ishqibozlarini ham qanoatlantirmasdi. 1997 yilga kelib, viloyat futboli strukturasida o‘zgarish qilindi. 1-ligada pastki o‘rinlarda yurgan viloyat markazidagi «Nasaf» jamoasiga oliy, oliy ligadagi «Mash’al»ga esa birinchi liga jamoasi maqomi berildi.
1997 yil jamoa garchi birinchi ligaga tushirib yuborilgan bo‘lsa-da, bu yerdagi ish professional darajada davom etaverdi. Bahrom Vafoev nomli stadion tobora go‘zallashib bordi. Uning yonida 1000 kishilik kichik stadion qad ko‘tardi, yana ikkita futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Bu ishlarning barchasiga jamoa rahbar Norqul Daminov hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Nuriddin Zayniev bosh-qosh bo‘lishdi.
1997 yil birinchi ligaga tushirib yuborilgan muborakliklar ustozligiga shu viloyat futbolida nom qozongan, ko‘plab iste’dodli shogirdlar yetishtirgan, «Mash’al»da ikki yildan buyon ikkinchi murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Abdurahmon Yumangulov tayinlandi. Avvalgi yildagi tarkibdan kamchilik qoldi, aksariyat o‘yinchilar yana mahalliy yigitlar evaziga taklif etildi. Ularning ko‘pchiligi Yumangulovning shogirdlari edi: Ravshan Sharofuddinov, Komiljon Yagmirov, Tolib Shaymardonov, Baxtiyor Mamadiev, Dadajon Tog‘aev va boshqalar.
Jamoa bir paytlar, to‘g‘rirog‘i, to‘rt yil avval viloyat mutasaddilari qistovi bilan oliy ligadan birinchi ligaga aylanib qolgandi. Shundan buyon muborakliklar faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashishdi. Uch yil kuchli oltilikdan pastga tushmagan jamoa 2000 yili nihoyat quyi ligada faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, haqli ravishda oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Birgina poytaxtning «Akademiya» klubini o‘zidan yuqori pog‘onaga o‘tkazib yubordi xolos. Ammo O‘FFning antiqa qarori muborakliklarni oliy ligaga chiqishdek umidlarini puchga chiqardi. Gap shundaki, 2000 yili oliy ligada 20ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, 2001 yildan uning safi ikkitaga qisqartirilishi rejalashtirildi. Shunday qilib, birinchi ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishi lozim bo‘lgan, aksincha yuqori ligadan quyiga tushishi kerak bo‘lgan «Mash’al» va «So‘g‘diyona» klublari o‘rtasida o‘tish uchrashuvi tashkillashtirildi. Afsuski, sovuq kunlarda o‘tkazilgan o‘yinda jizzaxliklarga omad kulib boqdi va «So‘g‘diyona» oliy ligadagi joyini saqlab qoldi. «Mash’al» esa yana birinchi ligaga ravona bo‘ldi. Shunda ham muborakliklarning kayfiyati tushib ketmadi, ishga yanada jiddiy kirishildi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishda 1-liga jamoalari ichida eng ko‘p o‘rtoqlik uchrashuvlari uyushtirildi. Bu esa oxir-oqibat o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatdi – muborakliklar 29-turda o‘z maydonlarida «Sho‘rchi» jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi va muddatidan oldin ikkinchi bor oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
2002 yilda Nuriddin Zayniev va Bahrom Davlatovlar sa’y harakati bilan “Mash’al” futbol klubi akademiyasi tashkil qilindi.
Shundan so‘ng 2005-2006 yillardan boshlab, klubda barcha ishlar professional tarzda yo‘lga qo‘yildi.
Nuriddin Zayniev va Shermat Shamsiev kabi el ardog‘idagi ustozlarning Muborakda futbol va boshqa sport turlarini rivojlantirishdek qilgan ijobiy ishlari mobaynida Yangi mavsum oldidan jamoaga xorijiy legionerlar va mahalliy bo‘lgan bir qator mohir o‘yinchilar bilan bir qatorda Mirjalol Qosimov ham tarkibga jalb etiladi.
Bu o‘zgarishlar shu yillarning o‘zidayoq natija ko‘rsatdi. “Mash’al” mamlakat chempionatida kumush medallari bilan bir qatorda, qit’aning nufuzli musoboqasi bo‘lgan Osiyo chempionlar ligasidek (OChL) kuchli elitaga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shermat Shamsiev Klub Prezidenti lavozimiga saylangan davridan boshlab, o‘zlarining ko‘p yillik ish tajribalariga tayanib, klubning rivojlanish strategiyasini qo‘llab - quvvatlagan xolda, mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli qarorlar kabul kilib, ularning ijrolari ustidan doim nazorat qilib kelganliklari natijasida “Mash’al” professional futbol klubi o‘tgan davr davomida o‘z infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilashga erishdi.
Shuni alohida aytish joizki, mavjud futbol akademiyasi aynan Shermat Shamsiev tashabbuslari bilan 2006 yilda mukammal xolatga keltirildi xamda zamonaviy ravishda jihozlanib, barcha kulay shart - sharoitlar yaratib berildi. 2008 yilda “Mash’al” futbol klubiga tegishli xududda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib sun’iy qoplamali futbol maydonlari tashkil etildi va ushbu futbol maydonlari xam Shermat Shamsievning shaxsiy tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Eng asosiysi futbol akademiyasini hamda o‘zbek futbolini rivojlantirish maqsadida Yevropalik murabbiylar Vladimir Pavlenko, Seid Seidov, Viktor Kumikov, Vladimir Fomichev, Aleksandr Xomyakov, Nikolay Lapa, Samir Gasanovlardan iborat murabbiylar shtabi tashkillashtirildi. Bundan tashqari 2019 yilda futbol akademiyasi binosi to‘liq ta’mirlanib, 60 nafar tarbiyalanuvchilar va 12 nafar murabbiylar uchun barcha qulay sharoitlarga ega qo‘shimcha yuvinish va xojatxona binosi qurib bitkazilib, shuningdek zamonaviy kompyuter va proektorlar bilan jixozlangan 3 ta o‘quv xonasi xamda yumshok mebellar va zamonaviy televizorlar bilan jixozlangan 2 ta dam olish xonasi tashkillashtirilib, barcha qulay shart - sharoitlari bilan foydalanishga topshirildi.
Shermat Shamsievning tashabbuslari bilan Klub markaziy stadioni, asosiy jamoa futbolchilari va murabbiylari yashaydigan “Futbolchilar uyi”, stadion elektron tablosi, rasmiy o‘yinlarni o‘tkazish uchun futbolchilar va xakamlar uchun kiyinish, yuvinish, tibbiy yordam ko‘rsatish, doping nazorat xonasi va jurnalistlar uchun press-konferensiya xonalari qayta ta’mirlanib, OFK talablariga mos ravishda jihozlandi.
Sh.J.Shamsievning bolalar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan kuchli e’tiborining yorqin natijasi sifatida xozirda Italiyaning “Roma” futbol klubida faoliyat olib borayotgan Eldor Shomurodovni ta’riflash mumkin. Shuningdek Turkiyaning “Karagyumryuk” klubi a’zosi Otabek Shukurov, “Paxtakor” klubi a’zolari Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev, Sherzod Azamov, “Nasaf” klubi a’zosi Xusniddin Alikulov, “Navbaxor” klubi a’zolari Utkir Yusupov, Raximjon Davronovlar xam “Mash’al” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari xisoblanishishadi. Sh.J. Shamsiev o‘zlarining ilmiy xamda manaviy ko‘maklari asosida klubning o‘zida mavjud eng minimal resurslari bilan imkon qadar yuqori ko‘rsatgichlarga erishish imkoniyatini shakllantirib berganliklari oqibatida ushbu yo‘nalish asosida faoliyat ko‘rsatadigan “Mash’al” futbol jamoasi uzoq yillardan buyon O‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega jamoalardan xisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida klub akademiyasi nafaqat mahalliy klublarga balki xorij jamolariga ham futbolchi yetishtirib berishda yetakchi bo‘ldi. Jumladan Eldor Shomurodov butun dunyo futbolida kuchli beshlikda bo‘lgan Italiya chempionatiga qadar kirib bordi.
Otabek Shukurov Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida “Sharja” jamoasi tarkibida mamlakat chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylandi.
Bulardan tashqari yana bir qator klub tarbiyalanuvchilari jahon yashil maydonlarida to‘p surib, o‘zbek futbolini dunyoga tanitib kelmoqdalar.
Klubning o‘z tarixida shunday natijalar qayd etishida va “Mash’al” futbol klubini o‘zbek futbolida “Yorqin alanga” sifatida kirib kelishi va nom qozonishiga katta xissa qo‘shgan Qashqadaryo viloyat hokimi (marhum) Nuriddin Zayniev, klub Prezidenti Shermat Shamsiev, klub vitse Prezidenti Bahrom Davlatov, klub ijrochi direktori Abdujalil Aralov hamda hozirgi kunga qadar klub vitse Prezidenti vazifasida faoliyat yuritayotgan Ilxom Qurbonov kabi o‘z ishining fidoiylari klub ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat ko‘rsatishib, o‘chmas iz qoldirishdi.