Navbatdagi raqib – “Qizilqum”

02.10.2025

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan bahsda Muborakning Mash’al” jamoasi safarda Navoiyning Qizilqum” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Qizilqum” jamoasiga tajribali mutaxassis Akmal Rustamov boshchilik qilmoqda. Navoiyliklar 23 uchrashuvda 26 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 8-pog‘onadan joy olgan.

Otabek Narzullaev qo‘l ostidagi “Mash’al” jamoasi esa shu kunga qadar 23 ochko to‘plab, 12-o‘rinni egallab turibdi. Safarda bo‘lib o‘tadigan ushbu uchrashuvda jamoamiz uchun qo‘shimcha ochkolarni qo‘lga kiritish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Mash’al” uchrashuvi 5-oktyabr kuni soat 19:15 da Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.