O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan bahsda Muborakning “Mash’al” jamoasi safarda Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi maydonga tushadi.
“Qizilqum” jamoasiga tajribali mutaxassis Akmal Rustamov boshchilik qilmoqda. Navoiyliklar 23 uchrashuvda 26 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 8-pog‘onadan joy olgan.
Otabek Narzullaev qo‘l ostidagi “Mash’al” jamoasi esa shu kunga qadar 23 ochko to‘plab, 12-o‘rinni egallab turibdi. Safarda bo‘lib o‘tadigan ushbu uchrashuvda jamoamiz uchun qo‘shimcha ochkolarni qo‘lga kiritish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Mash’al” uchrashuvi 5-oktyabr kuni soat 19:15 da Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.