"Paxtakor" — "Mash’al" uchrashuvini Olim To‘ychiboev boshqaradi

10.04.2026

O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Mash’al" bahsini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi tasdiqlandi.

Uchrashuvni bosh hakam Olim To‘ychiboev boshqaradi. Unga qanotlarda Shohrux A’zamov va Aziz Isoqov yordam beradi. Hakamlar ishini Bobur Haydarov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Bekzod Aripov tayinlangan. Shuningdek, zaxira hakami sifatida Azizbek Jumanov, VAR hakami sifatida Rustam Choriev va AVAR hakami sifatida Sherzod A’zamov faoliyat yuritadi.

 Hakamlar brigadasi:

Bosh hakam: Olim To‘ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohrux A’zamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Azizbek Jumanov

 VAR tizimi hakamlari:

VAR hakami: Rustam Choriev

AVAR hakami: Sherzod A’zamov

 Nazoratchi va komissarlar:

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov