O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Mash’al" bahsini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi tasdiqlandi.
Uchrashuvni bosh hakam Olim To‘ychiboev boshqaradi. Unga qanotlarda Shohrux A’zamov va Aziz Isoqov yordam beradi. Hakamlar ishini Bobur Haydarov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Bekzod Aripov tayinlangan. Shuningdek, zaxira hakami sifatida Azizbek Jumanov, VAR hakami sifatida Rustam Choriev va AVAR hakami sifatida Sherzod A’zamov faoliyat yuritadi.
Hakamlar brigadasi:
Bosh hakam: Olim To‘ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohrux A’zamov, Aziz Isoqov
Zaxira hakami: Azizbek Jumanov
VAR tizimi hakamlari:
VAR hakami: Rustam Choriev
AVAR hakami: Sherzod A’zamov
Nazoratchi va komissarlar:
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Bekzod Aripov