10- Mag‘lubiyat

28.04.2026

  Superliganing 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Mash’al” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. G‘uzordagi “Markaziy” stadionda kechgan bahs jamoamiz uchun yana alamli yakun topdi — 0:1.

O‘yin davomida “Mash’al” tashabbusni qo‘lga olishga harakat qildi, ammo hujumlarda aniqlik yetishmadi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin ancha keskin tus oldi. 67-daqiqada “Mash’al” yarim himoyachisi Abdul Rashid Abubakar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir necha daqiqa o‘tib, mehmonlar ham bir futbolchidan ayrildi — 76-daqiqada Asadbek Jo‘raboev chetlatildi.

Shu holatdan so‘ng o‘yin ochildi, ammo hal qiluvchi zarbani mehmonlar yo‘lladi. 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Esanov gol urib, “Buxoro”ga g‘alaba keltirdi — 0:1.

Shu tariqa, “Mash’al” Superligadagi mag‘lubiyatlar seriyasini 10 taga yetkazib qo‘ydi.

Superliga, 10-tur

"Mashal" – "Buxoro" 0:1

G'uzor. "Markaziy" stadioni. 19:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Amir Galeev, Daniil Yacenko, Muhammadali Baxtiyorov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Shohruh Said

Gol: Sherzod Esanov 86, - 0:1.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 8.Sardor Abduraimov (99.Viashima Rafael Ayagva, 75), 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov (22.Nurjahon Muzaffarov, 46), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (9.Ibrohim G'anixonov, 90+1).

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 3.Asan Vaniev, 13.Nuriddin Nuridinov, 27.Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 29.Ahror Murodov, 45.Suxrobjon Parmonqulov, .

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 83), 7.Xurshidbek Muxtorov, 9.Nika Kacharava (22.Asadbek Jo'raboev, 72), 10.Shahzodbek Ubaydullaev (25.Sherzod Esanov, 67), 17.Javohir Ro'ziev, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayyumov, 83), 88.Dominik Begich (11.Timur Mamasidiqov, 46).

Zaxira: 1.Shirinoy Abdullaev, 4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 21.Mixeil Basheleishvili, .

Chetlatishlar: Abdul Rashid Abubakar 67, Asadbek Jo'raboev 76.