Akalarini alamini ukalari olishdi

07.04.2025

Bugun  safarda "Andijon" yoshlari bilan to‘qnash kelgan "Mash’al U-21" jamoasi haqiqiy jangovor ruhda maydonga chiqdi. Uchrashuvda Otbek Narzullaev  boshchiligidagi jamoamiz raqibni 3:2 hisobida mag‘lub etib, jonkuyar muxlislarni xursand qilishdi.

Yosh futbolchilarimiz tomonidan ko‘rsatilgan kurashuvchanlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq e’tiborga loyiq bo‘ldi. Bu g‘alaba nafaqat jamoaviy ruhni ko‘tardi, balki kechagi mag‘lubiyat uchun ham munosib javob bo‘ldi.

Yoshlarga ishonch va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!

 Gollarni: Asadbek Samariddinov, 24 (0:1), Farrux Toshpo‘latov, 26 (0:2), Rustam Turdimurodov, 45+1 (1:2), Asadbek Samariddinov, 62 (1:3), Abdullah Maga, 79 avtogol (2:3)lar kiritishdi.