U-21 Chempionatining 17-turi doirasida “Mash’al” yoshlari o‘z maydonida “Dinamo” U21 jamoasini qabul qildi. Katta kayfiyat va yuqori ruhda o‘tgan bellashuvda muboraklik yigitlar raqib darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishdi – javobsiz!
U21 Chempionati
17-tur
Mash’al – Dinamo 4:0
⚽ Gollar:
· Saitmuratov – 29-daqiqa
· Toshpo‘latov – 64-daqiqa (penalti)
· Toshpo‘latov – 75-daqiqa
· Abdumo‘minov – 85-daqiqa
"Mash’al" yoshlari birinchi daqiqalardanoq ustunlikni o‘z qo‘llariga olishdi va o‘z maydonida muxlislarga layoqatli o‘yin namoyish qilishdi. Saitmuratovning hisobni ochgan goli jamoaga ishonch bag‘ishladi. Ikkinchi bo‘limda esa sahnada Toshpo‘latov porladi – u penaltidan va ochiq o‘yinda ikki marta darvozani aniq nishonga oldi. Uchrashuvga nuqta esa Abdumo‘minov tomonidan qo‘yildi.
Bu g‘alaba "Mash’al" U21 jamoasi uchun nafaqat ochkolar jihatdan, balki ruhiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etdi. Kuni kecha kattalar jamoasi “Dinamo”ga qarshi bahs olib borishi kutilar ekan, ushbu g‘alaba "akalarning alamini ukalar olishdi" deyishga asos bo‘ladi.