«Mash’al» futbol klubi o‘z tarbiyalanuvchilari — Zafarbek Akramov va Suhrob Parmonqulov bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirdi.
Har ikki futbolchi klub akademiyasida tarbiya topgan bo‘lib, yoshlar jamoalari orqali asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Ular o‘z mehnati, intilishi va maydondagi ishonchli o‘yini bilan murabbiylar ishonchini qozonib, jamoaning kelajak rejalarida muhim o‘rin egallab kelmoqda.
Klub rahbariyati mahalliy iqtidorli futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etadi. Zafarbek Akramov va Suhrob Parmonqulov bilan shartnomalarning uzaytirilishi ham aynan shu yo‘ldagi muhim qadamlardan biridir.
«Mash’al» futbol klubi Zafarbek va Suhrobga jamoamiz safida muvaffaqiyatli o‘yinlar, yangi g‘alabalar hamda omadli faoliyat tilaydi! 💙🖤