27 sentabr kuni G‘uzor tumani sport maktabi maydonida ayollar o‘rtasidagi birinchi liga bellashuvi doirasida “Sho‘rtan – W” va “Mash’al – W” jamoalari o‘rtasida qizg‘in bahs bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv juda to‘qnashuvlarga boy tarzda kechdi. Uchrashuvning 59-daqiqasida “Mash’al” jamoasi sardori Zuxra Xalikova penaltidan gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo daravozabonning mahoratli harakati hisob saqlanib qolishini ta’minladi.
Shu bilan birga, o‘yin taqdiri 88-daqiqada hal bo‘ldi. Jamoamiz hujumchisi Sevara Xojaabdullaeva raqib darvozasini ishg‘ol etib, “Mash’al – W” 2025 yildagi ilk g‘alabani ta’minladi!
Sho‘rtan – W tarkibi:
Lobar Murodalieva, Ruhshona Usmonova, Sevinch Normurodova, Mohichehra Amirqulova, Nozanin G‘afforova, Gulsevar Safarova, Zuxra Shukurova, Sabrina Oktabrova (S), Sevinch Ostonova, Aziza Eshonqulova, Anjelika Magizyanova.
👤 Bosh murabbiy: O‘g‘iloy Parmonova
Mash’al – W tarkibi:
Shaxrizoda Najmiddinova, Jasmina Mingalieva, Ruxshona Abdullaeva, Gulzoda Baxromova, Kumush Mursalova, Sabrina Tursunova, Sevara Xojaabdullaeva, Zuxra Xalikova (S), Mohira Behbudova, Nozima Ismatova, Nafize Vaxobjanova.
👤 Bosh murabbiy: Go'zal Muxiddinova



o
