AYOLLARIMIZDAN AJOYIB G‘ALABA!

16.09.2026

Ayollar Birinchi Ligasining 15-turida «Mash’al-W» jamoasi «Navbahor-W»ni qabul qildi.

Uchrashuvni faol boshlagan jamoamiz birinchi bo‘limdayoq uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 12-daqiqada Fayyoza Samandarova hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Iroda Aliqulova jamoamizning ikkinchi golini kiritdi.

37-daqiqada esa hakam «Navbahor-W» darvozasiga penalti belgiladi. Noila Yuldosheva 11 metrlik jarimadan unumli foydalanib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada Dinara Abdusamadova «Navbahor-W»ning birinchi golini urdi. 57-daqiqada esa Sevara Normurodova «Mash’al-W»ning to‘rtinchi golini kiritib, hisobni 4:1ga yetkazdi. Uchrashuv yakuniga yaqin, 90-daqiqada Dilnozaxon Tojiboeva «Navbahor-W»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, bahs 4:2 hisobida «Mash’al-W» foydasiga yakunlandi.

 Ayollar Birinchi Ligasi. 15-tur
«Mash’al-W» — «Navbahor-W» 4:2

Gollar:

«Mash’al-W»:

  • 12' — Fayyoza Samandarova
  • 28' — Iroda Aliqulova
  • 37' — Noila Yuldosheva (penalti)
  • 57' — Sevara Normurodova

«Navbahor-W»:

  • 51' — Dinara Abdusamadova
  • 90' — Dilnozaxon Tojiboeva