DILSHOD ANDAEV SHOGIRDLARI YARIM FINALDA

15.11.2026

U19 Chempionati 1/4 final bosqichida «Mash’al» U19 jamoasi Muborakda «Buxoro» U19 jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Bahrom Vafoev» stadionida kechgan uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Bahodir Nabatov hisobni ochib, «Buxoro»ni oldinga olib chiqdi — 1:0.

Ikkinchi bo‘limda Dilshod Andaev shogirdlari tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, hisobni tenglashtirishga erishdilar. 65-daqiqada Sunnatilla Yarashev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan olti daqiqa o‘tib, «Mash’al» g‘alaba golini kiritdi. 71-daqiqada belgilangan penaltini jamoa sardori Sherxan G‘afurov aniq amalga oshirib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida «Buxoro» U19 futbolchisi Ozodbek Sharipov qizil kartochka bilan maydondan chetlatildi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va «Mash’al» U19 jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Dilshod Andaev shogirdlari musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldilar!

 

U19 Chempionati. 1/4 final

«Buxoro» U19 — «Mash’al» U19 — 1:2

⚽️ Gollar: 40' — Bahodir Nabatov (1:0)., 65' — Sunnatilla Yarashev (1:1)., 71' — Sherxan G‘afurov (penalti, 1:2).

Chetlatish: 88' — Ozodbek Sharipov («Buxoro»).


Hakamlar
va uchrashuv rasmiylari:

Hakamlar:

Bosh hakam: Jahongir Noraliyev
Yordamchi hakamlar Safarali Shaydullayev, Shuxratbek Mirzayev
Zaxira hakami: Elnur Doniyorov

Uchrashuv rasmiylari:


Hakamlar nazoratchisi: Shuxrat Igamberdiev
Uchrashuv komissari: Diyorjon Xotamqulov


«BUXORO» U19

Boshlang‘ich tarkib:

89. Shohrux Xayrullaev, 35. Ozodbek Oltinov, 45. Ozodbek Sharipov (S), 47. Aminbek G‘afurov, 60. Suxrobjon Sayliev, 72. Shahzod Ibragimov, 79. Abdumajid Nuritdinov, 80. Bahodir Nabatov, 85. Usmonjon Usmonov, 90. Amirxon Hikmatov, 95. Mo‘minmirzo Kamilov.

Zaxiradagi futbolchilar:

50. Shahruzbek Shamsiddinov, 26. Ramziddin Abdullaev, 40. Otabek Hakimov, 54. Shahboz Najbiev, 55. Muhammadali Zamonov, 68. Amirbek Hamzaev, 74. Maksim Muxamedzyanov, 93. Muhammadyusuf Xolmuminov, 98. Dilmurod Davlatov.

Bosh murabbiy: Anvar Rajabov.

«MASh’AL» U19

Boshlang‘ich tarkib:

75. Kamronbek Hamroev, 33. Boymurod Shamuradov, 36. Javohir Abdulazizov, 38. Sunnatilla Yarashev, 46. Javohir Avazxonov, 60. Samandar Tursunboev, 71. Sherxan G‘afurov (S), 72. Normurod Ko‘charov, 76. Firdavs Jovliev, 80. Farhod O‘ktamov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.

Zaxiradagi futbolchilar:

61. Og‘abek Irgashev, 47. Kamronbek Abdullaev, 52. Samandar Aliev, 65. Bekzod Qarshiboev, 68. Doniyorbek Egamov, 74. Abbosbek Kamolov, 89. Xojiakbar Olimov, 92. Nazarbek Bozorov, 95. Elyor Suyunov.

Bosh murabbiy: Dilshod Andaev.