Dmitriy Yashin “Mash’al”da

22.07.2025

“Mash’al” jamoasi Rossiyalik markaziy himoyachi Yashin Dmitriy Valerevich bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

32 yoshli tajribali legioner Poxvistnevo shahrida tavallud topgan. U o‘z faoliyati davomida Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog‘iston chempionatlarida to‘p surgan.

Yashin o‘z vaqtida Rossiyaning Terek II, Sokol Saratov, Oryol, Kuban kabi jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Belarusning Krumkachi, Luch Minsk, Dnyapro Mogilev, Torpedo Jodino, Armanistonning Gandzasar, Qozog‘istonning Aktobe va Yelimay klublarida ham faoliyat olib borgan.

Markaziy himoyachi sifatida katta tajribaga ega futbolchidan jamoa muvaffaqiyati uchun muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.

Yangi futbolchimizga omad tilaymiz va Mash’al tarkibida muvaffaqiyatli o‘yinlar kutib qolamiz!