G‘uzordagi uchrashuvni Akobirxo‘ja Shukurullaev boshqadi

15.04.2026

Superliganing 8-turi doirasida Muborakning "Mash’al" jamoasi  Urganchning  "Xorazm"  klubini qabul qiladi.

 Hakamlar brigadasi:

 O‘zbekiston Futbol hakamlari markazi mazkur o‘yinni boshqarib boradigan rasmiy shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, uchrashuvni tajribali hakam Akobirxo‘ja Shukurullaev boshqarib boradi. Qanotlarda unga Shohnur Yo‘ldoshev va Sardor Umirzaqov ko‘mak berishadi.

Diqqatga sazovor jihati, mazkur bahsda VAR tizimi ham ishlaydi. Videotaxlil uchun mas’ul etib Abdurashid Xudoyberganov tayinlangan, AVAR sifatida esa Nasibabonu Toshmuhamedova faoliyat yuritadi.

 Uchrashuv rasmiylari bilan tanishing:

·         Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullaev

·         Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo‘ldoshev, Sardor Umirzaqov

·         Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

·         VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

·         AVAR hakami: Nasibabonu Toshmuhamedova

·         Nazoratchi: Marat Ismoilov

·         Komissar: Oybek Davletmurodov