Markaziy uchrashuv: Voha derbisi
Keyingi raqib — Qarshining “Nasaf” jamoasi!
20 iyun kuni soat 20:00 da G‘uzorda haqiqiy derbi — Voha derbisi bo‘lib o‘tadi.
“Nasaf” — Superliganing peshqadami, yuqori o‘yin tempi va aniq uslubi bilan barchaga yaxshi tanish.
Jamoaga tajribali murabbiy Ro‘ziqul Berdiev boshchilik qilmoqda.
“Mash’al” — o‘z uyida har qanday raqibga qarshi og‘ir bahs ko‘rsata oladigan jamoa.
Jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov rahbarligida ushbu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bu — Yo‘lbarslar va Ajdarlar jangi!
Ikki azaliy raqib o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv muxlislarga katta zavq ulashishi shubhasiz.
Jang maydoni: G‘uzor
Boshlanish vaqti: 20 iyun, soat 20:00
Boshqa uchrashuvlardan farqli o‘laroq, bu bahsda nafaqat ochkolar, balki hurmat va nufuz uchun kurash bo‘ladi.