«Mash’al» futbol klubi yarim himoyachi Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
1999 yil 19 avgust kuni tug‘ilgan Komil Tojiddinov tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi. Shuningdek, u markaziy hamda o‘ng yarim himoya chizig‘ida ham samarali o‘yin namoyish eta oladi.
Komil Tojiddinov o‘zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi ishonchli harakatlari va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turadi. Uning tajribasi «Mash’al»ning mavsum davomidagi maqsadlariga erishishida muhim omillardan biri bo‘lishiga ishonamiz.
«Mash’al» futbol klubi Komil Tojiddinovni jamoamiz safiga qo‘shilgani bilan samimiy qutlaydi va unga muboraklik libosida muvaffaqiyatli o‘yinlar, yorqin g‘alabalar hamda omad tilaydi!
