Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan "NEW UZBEKISTAN CUP BUXARA 2025" musobaqasida “Mash’al” akademiyasining yoshlar jamoasi finalda yana bir bor “Nasaf” akademiyasi yoshlarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa chempioni bo‘ldi.
Final natijasi: Mash’al – Nasaf 5:1
Gollar mualliflari: Jovliyev Firdavs (2 ta), Muhmammadiyev Muhammadjon (2 ta), Jamolov Jamolxon (1 ta).
Mazkur muvaffaqiyat “Mash’al” akademiyasi murabbiylari va futbolchilari mehnatining, shuningdek, bosh homiyimiz O‘zbekiston Milliy banki ko‘magining natijasidir. Klub rahbariyati, akademiya mutaxassislari va murabbiylar kelajakda ham yuksak marralarni zabt etishda faoliyatini davom ettiradi.
🏆 “Mash’al” akademiyasi — bu faqat klub emas, balki kelajakda O‘zbekiston futbolini yuksak pog‘onalarga olib chiqadigan chempionlar uyi!