Muborak tumanidagi «Mash’al» futbol klubi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan futbol festivali tashkil etildi.
Festivalda akademiya tarbiyalanuvchilari turli yosh toifalaridagi bellashuvlarda ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yosh futbolchilar uchun ushbu festival katta tajriba maktabi bo‘ldi.
Tadbirda akademiya murabbiylari, klub rahbariyati va sport sohasi faxriylari ishtirok etishdi. Ular yosh avlodga samimiy tilaklarini bildirib, istiqlol bayrami munosabati bilan sovg‘alar hamda esdaliklar taqdim etdilar.
Festival do‘stona va bayramona ruhda o‘tdi. Unda yoshlar nafaqat sport maydonida, balki bir-birlari bilan yaqindan muloqot qilish, tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.
«Mash’al» futbol klubi akademiyasida bunday ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Bosh maqsad — yoshlarni sog‘lom turmush tarziga chorlash, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdir.