Mash’al akademiyasida shaxmat va shashka musobaqasi start oldi

10.06.2025

“Mash’al” akademiyasida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalarga rasman start berildi. Musobaqa yoshlarning aqliy salohiyatini rivojlantirish, strategik fikrlashini kuchaytirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.  Jami 16 nafar ishtirokchi bellashuvda ishtirok etmoqda. Bugungi ilk turda 4 nafar ishtirokchi shashka o‘yinlari orqali musobaqani ochib berdi. Ular o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuv bo‘lib o‘tmoqda.

 Qolgan ishtirokchilar musobaqani o‘z mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida davom ettirishadi. Bellashuvlar bosqichma-bosqich tashkil qilinib, har bir ishtirokchiga o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratiladi.

 Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan g‘oliblar aniqlanib, ular akademiya rahbariyati tomonidan taqdirlanadi.