O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Mash’al” o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qildi. G‘uzor tumanidagi “Markaziy” stadionida 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi – 0:2.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi. Maydon markazida kurashlar ko‘p bo‘lgan bahsda har ikki tomon ham hujumlar uyushtirishga harakat qildi. “Mash’al” futbolchilari bir necha bor raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari mehmonlar uchun omadli kechdi. 44-daqiqada Abdulloh Yo‘ldoshevning uzatmasidan keyin Anzur Ismoilov hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 1-daqiqasida Suhrob Nurulloevning pasini Quvonchbek Abraev golga aylantirib, “Lokomotiv”ning ustunligini ikki baravarga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda “Mash’al” murabbiylar shtabi tarkibga o‘zgartishlar kiritib, o‘yinni faollashtirishga urindi. Jamoa hujumlarda faol harakat qildi, ammo “Lokomotiv” himoyasi ishonchli o‘ynadi va hisob o‘zgarmadi.
Uchrashuvning qo‘shib berilgan vaqtlarida “Mash’al” futbolchisi Roman Xadjiev maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, Superliganing 2-turida “Mash’al” o‘z maydonida “Lokomotiv”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Superliga, 2-tur
"Mash’al" – "Lokomotiv" 0:2
5 mart 2026 yil. G‘uzor. "Markaziy" stadioni. 19:15
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Avaz Abdullaev, Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Aleksandr Burov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Anzur Ismoilov 44, - 0:1 (Abdulloh Yo‘ldoshev). Quvonchbek Abraev 45+1, - 0:2 (Suhrob Nurulloev).
"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboev, 2.Zafar Akramov, 5.Samandar Ochilov (99.Rafael Viashima Ayagva, 83), 8.Sardor Abduraimov (7.Vlatko Stoyanovskiy, 65), 9.Ibrohim G‘anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar (17.Anvar Murodov, 46), 15.Muhammadali Aliqulov, 28.Ergash Ismoilov, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (22.Nurjahon Muzaffarov, 46).
Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 13.Nuriddin Nuridinov, 18.Ilhom Abdig‘aniev, 34.Shahboz Jo‘raev, 37.Sherzod Fayziev, .
"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev (61.Nurlan Ibraimov, 61), 9.Suhrob Nurulloev (10.Shodiyor Shodiboev, 61), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (99.Muhriddin Zoirov, 79), 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (8.Bilol Tupliev, 79), 26.Abdulloh Yo‘ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammadali Reimov (45.Yovan Nishich, 68).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 23.Diyor Turopov, 71.Lazizbek Mirzaev, 88.Islombek Baratov.
Chetlatish: Roman Xadjiev 90+3.