Superliganing 16-turidan o‘rin olgan bahsda “Mash’al” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning yetakchi klubi — “Paxtakor”ni qabul qildi. Otabek Narzullaev boshchiligidagi “Mash’al” jamoasi ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshladi — uchrashuv 0:1 hisobida yakun topdi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa zaxiradan foydalangan holda kuchli kurash olib bordi. Birinchi bo‘limda gol kuzatilmadi. Ammo ikkinchi taymning 74-daqiqasida mehmonlar safidagi tajribali hujumchi Dostonbek Hamdamov o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasdan to‘pni darvoza tagiga joylashtirdi. Bu gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
16-tur. “Mash’al” — “Paxtakor” 0:1
⚽ Gol: Dostonbek Hamdamov (74)
Superliga
16-tur
"Mashal" – "Paxtakor" 0:1
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:00
Gol: Dostonbek Hamdamov (Brayan Riaskos) 74'
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yuldoshev, Sardor Umrzoqov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Akmal Giyasov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
"Mashal": 35.Doston To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 7.Islom Baratov, 9.Ibrohim G'anixonov (28.Ergash Ismoilov, 78), 11.Asadbek Samariddinov (23.Elnurbek Saitmuratov, 86), 13.Nuriddin Nuriddinov (8.Sardor Abduraimov, 68), 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (18.Dilshod Rahmatullaev, 66), 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin.
Zaxira: 1.Umid Hamroev, 3.Asan Vaniev, 4.Abdul Latif Maga, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 55.Farruh Toshpo'latov.
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg'unboev (94.Brayan Riaskos, 46), 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov, 86), 17.Dostonbek Hamdamov (15.Hojimat Erkinov, 77), 23.Abdurauf Bo'riev (9.Ibrohim Ibragimov, 77), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.
Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 8.Diyor Xolmatov, 20.Dilshod Abdullaev, 50.Flamarion.
Ogohlantirishlar: Igor Sergeev (15), Islom Baratov (64), Islom Sharipov (66), Ibrohim G'anixonov (70), Dilshod Saitov (83).