"Mash’al" jamoamiz AVGUST oyida qaysi raqiblarga qarshi maydonga tushadi?

28.07.2025

Avgust oyi Muborakning "Mash’al" jamoasi uchun juda ham mazmunli va qizg‘in uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Muxlislar uchun esa kutilgan to‘qnashuvlar, yurak qinidagi dramalar va, muhimi – jamoamizdan yangi yutuqlar kutilmoqda.

📅 Avgust oyi taqvimi:
 1-avgust | Mash’al – Paxtakor
O‘z maydonimizdagi muhim to‘qnashuv! Chempionlik sari intilayotgan Paxtakorga qarshi bahs – muxlislar e’tiborida bo‘ladi.

 6-avgust | Mash’al – Dinamo
Navbatdagi raqib – Samarqandning “Dinamo” jamoasi. Mazmunli va dramatik o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

10-avgust | So‘g‘diyona –  Mash’al 
Jamoamiz o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida yana bir bor maydonga tushadi. G‘alaba uchun kurash to‘xtamaydi!

 17-avgust | Mash’al – Andijon
Uydagi sinovlar davom etadi. Har bir ochko muhim, har bir o‘yin ahamiyatli.

21-avgust | Neftchi – Mash’al
Qisqa fursat ichida ikkita o‘yin! Jamoamiz Andijondan so‘ng Farg‘onada "Neftchi" mehmoni bo‘ladi. Jismoniy tayyorgarlik sinovi!

26-avgust | Paxtakor – Mash’al (O‘zbekiston Kubogi 1/4 finali)
Oy yakunida jamoamiz Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi yana bir bor maydonga tushadi. Bu safar — O‘zbekiston Kubogi 1/4 final bosqichida!
Qat’iyat, intizom va jamoaviy kuch — pley-offning hal qiluvchi omillari. Kubok yo‘lidagi muhim bahsda “Mash’al”dan faqat g‘alaba kutamiz!

"Mash’al" muxlislari uchun avgust – faqat futbol emas, balki jamoa bilan birga yurakdan-yurakka bog‘lanish davri hamdir.