“Mash’al” U19 – Bronza medali sohibi!

17.11.2025

“Mash’al” U19 jamoasi bu mavsumni munosib va quvonchli natija bilan yakunladi. Aktam Berdiev va Umid Bobonazarov boshchiligidagi yoshlarimiz U19 chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Bugun “Bunyodkor” U19 jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv keskin kurashlar bilan o‘tdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Hal qiluvchi penaltilar seriyasida esa yigitlarimizning ruhiy barqarorligi va tayyorgarligi kulib boqdi — penaltilar 4:2 hisobida “Mash’al” U19 foydasiga hal bo‘ldi.

Shu tariqa, jamoamiz 22 ta jamoa ishtirok etgan chempionatda munosib ravishda 3-o‘rinni egalladi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Klub rahbariyati ta’kidlaganidek, bu muvaffaqiyat — “Mash’al” akademiyasida olib borilayotgan islohotlar, tizimli tayyorgarlik va yoshlarga qaratilgan e’tiborning samarasidir. Shuningdek, bosh hamkorimiz O‘zmilliy bank tomonidan akademiya uchun yaratilayotgan sharoitlar ham bu natijada muhim rol o‘ynamoqda.

Yoshlarimizni ushbu munosib bronza medali bilan tabriklaymiz!

 

Ўйинни тўлиқ кўриш учун