U19 Chempionatining 14-turida «Mash’al» yoshlar jamoasi safarda BuxDU jamoasi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv Dilshod Andaev shogirdlarining 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda jamoalar tengma-teng kurash olib borgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin «Mash’al» hujumdagi faolligini oshirdi. 49-daqiqada Muhammadyusuf Valijonov hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi — 0:1. Oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Firdavs Jovliev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, ustunlikni ikki to‘pga yetkazdi — 0:2. 67-daqiqada esa Valijonov yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi. U ikkinchi golini kiritib, dubl qayd etdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:3.
Shu tariqa, «Mash’al» U19 safar uchrashuvida BuxDUni 3:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, uchrashuvda Muhammadyusuf Valijonovning dubl qayd etishi jamoamizning g‘alabasida muhim omil bo‘ldi. Dilshod Andaev shogirdlari chempionatda o‘zlarining kurashchanligi va natija uchun intilishlarini yana bir bor namoyish etdi.
BuxDU — «Mash’al» 0:3
⚽️ Gollar:
49' — Muhammadyusuf Valijonov
56' — Firdavs Jovliev
67' — Muhammadyusuf Valijonov
BUXDU-U19: 31. Umidjon Nosirqulov, 19. Asadbek Bahronqulov, 27. Ixtiyor Latipov, 29. Husan Teshayev, 37. Abdunaim Ibroximov, 44. Jonibek Jurayev, 50. Gʻayratbek Sadulloyev, 55. Axmed Mansurov, 66. Fathulla Nizomov, 88. Nurbek Botirov, 98. Shahzod Fasliddinov.
Zaxiradagi oʻyinchilar
18. Shuxratbek Orifov, 22. Mironshox Yuldashev, 33. Abduholiq Narziyev, 42. Sarvarbek Safarov, 64. Adhambek Asrorov, 78. Firdavs Rafiqov, 80. Amalbek Xamrayev, 87. Shohijahon Tojiddinov, 92. Mironshox Usmonov.
MASH’AL-U19: 75. Kamron Hamroev , 33. Boymurod Shomurodov , 36. Javohir Abdullazizov, 46. Javohir Avazxonov , 47. Kamron Abdullaev , 60. Samandar Tursunboev,71. Sherxan Gafurov (S), 74. Abbos Kamolov, 76. Firdavs Jovliev, 92. Nazar Bozorov.
96. Muhammadyusuf Valijonov
Zaxiradagi oʻyinchilar
78. Ziyodulla Abdurashidov, 42. Diyor Rahimjonov, 43. Chingiz Turdimurodov, 52. Samandar Aliyev, 68. Doniyor Egamov, 89. Hojiakbar Olimov, 93. Bobir Abdushukurov,95. Elyor Suyunov.





