“Mash’al” U19 yarim finalda: Ma’murovning seyvlari yoshlarimizni keying bosqichga olib chiqdi

12.11.2025

U19 chempionati 1/4 finali doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Mash’al” bahsi haqiqiy dramatizmga boy tarzda o‘tdi. Muboraklik yoshlar Aktam Berdiev va Umid Bobonazarov boshchiligida muxim bosqichda jonbozlik ko‘rsatib, yarim finalga yo‘l olishdi.

Uchrashuvning birinchi qismi teng kurash ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Mash’al” yoshlari faollikni oshirdi va 58-daqiqada Mironshoh Hamidov hisobni ochdi — 0:1. Biroq, “Navbahor” ham javobsiz qolmadi. 70-daqiqada Shohrux Isomiddinov hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmaganidan so‘ng, bahs taqdiri penaltilar seriyasiga qoldi. Shu pallada “Mash’al” darvozaboni Xojiakbar Ma’murov haqiqiy qahramonga aylandi. Uning bir nechta hal qiluvchi seyvlari jamoaga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

🧤 Penaltilar seriyasi natijasi:
“Navbahor” —
❌✅✅✅❌
“Mash’al” —
✅✅✅✅

Shu tariqa “Mash’al” U19 musobaqaning yarim finalida “Nasaf” yoshlari bilan to‘qnash keladi.


Penaltilar seriyasi ko'rish uchun 

To'liq o'yinni ko'rish uchun