U19 chempionati pley-off bosqichi doirasida «Mash’al U19» jamoasi safarda «So‘g‘diyona U19»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda muboraklik yoshlar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishdi. Biroq Dilshod Andaev shogirdlari taslim bo‘lishmadi va haqiqiy xarakter namoyish etib, uchrashuv davomida hisobni o‘z foydalariga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
21-daqiqada Inomjon Abdumajidov «So‘g‘diyona»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda yoshlarimiz hujumlarni kuchaytirishdi. 67-daqiqada Muhammadyusuf Valijonov ajoyib zarba bilan to‘pni darvozaning to‘qqizligiga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi — 1:1! Uchrashuvning 80-daqiqasida esa Javohir Abdullazizov burchak zarbasidan to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib darvozasiga yo‘llab, haqiqiy super gol muallifiga aylandi. Natijada hisob 2:1 ko‘rinishini oldi.
Shu tariqa, yoshlarimiz 0:1 hisobida ortda borayotgan uchrashuvda kambek qayd etib, 2:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi!
U19 chempionati. Pley-off
«So‘g‘diyona U19» – «Mash’al U19» 1:2
⚽️ Gollar: Inomjon Abdumajidov (21') — Muhammadyusuf Valijonov (67'), Javohir Abdullazizov (80').
Uchrashuv rasmiylari:
Bosh hakam: Sardorbek Salohiddinov
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shohijahon Muhidinov
Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev
Hakamlar nazoratchisi: Abdurahmon Kuldashev
Uchrashuv komissari: Bekzot Aripov
«Mash’al U19» 75. Kamron Hamroev, 33. Boymurod Shomurodov, 36. Javohir Abdullazizov, 38. Sunnat Yarashev, 46. Javohir Avazxonov, 60. Samandar Tursunboev, 71. Sherxan G‘afurov (s), 72. Normurod Ko‘charov, 76. Firdavs Jovliev, 80. Farhod O‘ktamov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Zaxira: 61. Og‘abek Ergashev, 52. Samandar Aliev, 65. Bekzod Qarshiboev, 68. Doniyor Egamov, 74. Abbos Kamolov, 89. Hojiakbar Olimov, 95. Elyor Suyunov.
«So‘g‘diyona U19» 12. Elbek Abdunabiyev, 5. Ibrohimjon Turaqulov, 24. Shahriyor Toshmurodov, 35. Akmal Axmatov, 41. Sardor Abdug‘aniyev, 46. Inomjon Abdumajidov, 49. Sardor Jamolov, 50. Shoxruz Kamolov, 55. Ametxan Adjisaliyev, 76. Shuxrat Xamzayev, 79. Behro‘z G‘ofurov.
Zaxira: 51. Mehriddin Boyxo‘rozov, 38. Sardorbek Rayimbekov, 58. Muhammadxon Otaxonov, 65. Mo‘minjon Kovulov, 67. Shoxjaxon G‘aniyev, 69. Anvar Salimov, 75. Diyorbek Ro‘ziboev, 82. Lazizjon Kengashov, 87. Iskandar Odilov.










