23-tur bahsida Asror Aliqulov boshchiligidagi yoshlarimiz maydonda qat’iyat va mazmunli o‘yin ko‘rsatib, derbida g‘alaba qozondilar. Uning yaqqol va hal qiluvchi lahzasi 61-daqiqada keldi —Nuriddin Nuriddinov raqib darvozasini aniq zarba bilan ishg‘ol qildi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham xavf-yaratdi, ammo Mash’al jamoasi himoyada qat’iyat va tashkillanganlikni saqlab, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yosh o‘yinchilarimiz tomonidan ko‘rsatilgan mehnat va samarali o‘yin e’tiborga molik bo‘ldi.
23-tur, U21 chempionati 2025
Mash’al - Buxoro . 1:0
Gol. N. Nuriddinov 61













